12:30 / 26.11.2020
7310
O‘yin uchun monitorlar: xarid qilish yoki qilmaslik borasida shubhangiz bormi?

O‘yin uchun mo‘ljallangan monitorlarning oddiy monitorlardan farqi nimada? Bo‘sh vaqtingizda virtual olamni qutqarish yoki marra chizig‘ini birinchi kesib o‘tish maqsadida keskin burilishlar va olis masofalarni zabt etishni xush ko‘rsangiz, o‘yin monitorlaridan foydalanishingiz muhimmi?

Muhimligi ayon! Sabablari esa oddiy!

Zamonaviy o‘yinlar kun sayin maroqliroq bo‘lib bormoqda. Virtual olam esa har doimgidanda to‘liqroq, uning har bir elementi aniqroq tus olgan. Yorqin ranglar va tekis harakatlar nihoyatda boy ranglar bilan birgalikda kompyuter o‘yinlari ishqibozlarining jarayondan maksimal taassurotlar olishlari hamda virtual reallikka to‘liq sho‘ng‘ishlarini ta'minlaydi.

Ammo o‘yin sahnalashtirilgan videolarda qanchalik jozibador ko‘rinmasin, uning sifatiga kompyuter qurilmalarining xususiyatlari ham katta ta'sir o‘tkazadi. Bugungi kunda esa kompyuter mahsuldorligi bilan bir qatorda maxsus o‘yin monitorlarining ahamiyati ham yuqori.

Ularni oddiy monitorlar qatoridan ajratib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi – ilg‘or muhandislik g‘oyalari natijasida vujudga kelgan keng monitorlar odatda egilgan, futuristik korpus hamda ingichka, deyarli ko‘z ilg‘amas ramkaga ega bo‘lib, ularga sozlanuvchan oyoqlar hamda garnitura o‘rnatish uchun ilgaklar biriktirilgan bo‘ladi. Bu kabi dizayn yorqin taassurotlar sari chorlasa, egilgan ekran sizni haqiqatda ayni voqealar markaziga olib boradi.

O‘yin monitorlaridagi ranglar boyligi, yorug‘lik va tasvir burchaklari haqiqatda yuqori darajada va barchasi ayni ma'noda ko‘zlaringizni quvontiradi. Ekranning yuqori aniqligi esa eng mayda detallarni ham ko‘rish imkonini beradi. Agarda o‘yin jarayonida siz uchun har bir soniya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lsa monitoringizda tasvir yangilanish chastotasi ham juda muhim. Ofis monitorlarida ushbu chastota odatda 60 Gs, o‘yin monitorlarida esa harakatlar yanada tezkor bo‘lishi uchun bu ko‘rsatkich bir necha barobar yuqori.

Eng tezkor, chaqqon va g‘olib bo‘lish uchun qaysi monitorni tanlaganingiz ma'qul?

O‘zbekiston bozorida Samsung o‘yin monitorlarining keng tanlovi taqdim etilgan. Ular zamonaviy multimedia texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, harakatlardagi xiralashishni kamaytirish hamda ishlash tezligini oshirish evaziga o‘yin jarayonini aql bovar qilmas darajada haqiqatga yaqin bo‘lishini ta'minlaydi. Kvant nuqtalar texnologiyasi esa ranglarni 125% da sRGB standarti bo‘yicha yetkazib berib, egilgan ekran bilan birgalikda foydalanuvchini virtual sarguzashtlarning ayni o‘chog‘iga olib boradi.

Samsung monitorlarida eng asosiysi – bu tasvirning yuqori sifati. Ilg‘or VA panel butun ekran bo‘ylab yorug‘likning teng taqsimlanishini hamda to‘yingan qora va oq ranglarni eng qorong‘u va yorqin sahnalar uchun 3000:1 kontrastlikda bo‘lishini ta'minlaydi. Kvant nuqtalar texnologiyasi esa ranglarning jozibadorligi uchun javob beradi.

Monitorlarning diagonali 19 dyuymdan to 49 dyuymgacha bo‘lgan o‘lchamlari mavjud. Eng katta o‘lchamdagi monitor Odyssey G9 flagmani bo‘lib, unda tomonlar nisbati 32:9, egilish radiusi 1000R va DQHD aniqlik 5120:1440 pikselga teng. Odam ko‘ziga qiyoslanib egilgan displey, maftunkor aniqlik hamda 240 Gs ekran yangilanish chastotasi tasvirning haqiqiy bo‘lishiga hamda ko‘z uchun qulay ko‘rinishiga yordam beradi. Bunday imkoniyatlar har qanday o‘yin jarayonining yuqori darajada bo‘lishini ta'minlaydi.

Murojaat uchun telefon:+99899 949 99 19

Reklama huquqi asosida

Top