17:20 / 26.11.2020
7287
“O‘z tilimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin”. Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy maqomini bekor qilish taklif etildi

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, qirg‘iz tili davlat tili hisoblanadi, rasmiy til sifatida esa rus tilidan foydalaniladi. 

Foto: REUTERS/Vladimir Pirogov

Qirg‘iziston konstitutsion kengashi a'zosi Sadirdin Toraliyev mamlakatda rus tilining rasmiy maqomini bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

“Konstitutsiyada davlat tili sifatida faqat qirg‘iz tilini qoldirishni taklif qilaman. Boshqa tillar bo‘yicha alohida qonunlar qabul qilish zarur. Yoshlar qirg‘iz tilida gapirmay qo‘ydi, chunki bunga ehtiyoj yo‘q, bunday bo‘lmasligi kerak”, – dedi Toraliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qirg‘iz tilini o‘rganish uchun sharoitlar yaratish zarur.

“O‘z tilimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin”, – dedi u.

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, qirg‘iz tili davlat tili hisoblanadi, rasmiy til sifatida esa rus tilidan foydalaniladi. 

Top