21:49 / 26.11.2020
16075
Qozog‘istonda orol sotuvga qo‘yildi

Maydoni 225 gektarni tashkil etuvchi orol xususiy mulk hisoblanadi.

Foto: olx.kz

Qozog‘istondagi Buxtarmin suv omborida turizm biznesini rivojlantirishga mo‘ljallangan orol sotuvga qo‘yildi. Uning narxi 1,5 milliard tengega (3,54 million dollar) baholanmoqda. Bu haqdagi e'lon 42500_tenge Instagram-profilida joylashtirildi.

Maydoni 225 gektarni tashkil etuvchi orol xususiy mulk hisoblanadi.

«Hududda 100ga yaqin turistik bazalar bor. Maydon relefi plyajlar tashkil etish uchun qulay», — deyiladi e'londa.

 Rayon hokimi Kalikan Baygonusovning Tengritravel.kz nashriga aytishicha, Gusiniy oroli 1998 yilda qishloq xo‘jaligi maqsadlarida sotib olingan, keyinchalik boshqa toifaga o‘tkazilgan.

 «Menimcha, uning egasi bu yerning qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasi yo‘qligini tushungani uchun sotishga urinmoqda. Ammo bu yerda turizm yo‘nalishini rivojlantirish mumkin – bu yer juda go‘zal joy», — deya izoh berdi hokim.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda pul va mehnat sarflansa, har qanday yer foyda keltiradi.

Top