18:17 / 26.11.2020
3176

Toshkent shahrida issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirishga 772,2 mln dollar kerakligi ma'lum qilindi

AOKA zalida «Toshissiqquvvati» davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari Aziz Sayfullayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda kuz-qish mavsumida aholini issiqlik energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan tezkor choralar haqida ma'lumot berildi.

«Aholi hamda ijtimoiy soha obektlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda issiqlik va issiq suv ta'minoti bo‘yicha uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatish eng muhim omillardan biri sanaladi», — dedi A.Sayfullayev.

Qayd etilishicha, “Toshissiqquvvati”  DUK tomonidan poytaxtdagi 12 801 ta  bino-inshootlarga issiqlik energiyasi yetkazilmoqda, jumladan:

  • 9200ta ko‘p kvartirali uylarga; 
  • 524ta davolash muassasalariga;
  • 498ta maktablarga;
  • 635ta bolalar bog‘chasiga;
  • 514ta oliy va  o‘rta maxsus ta'lim muassasalariga;
  • 1430ta boshqa obektlarga issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.

Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda barcha issiqlik tarmoqlarining 72 foizi (17 yildan ortiq) foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan, ya'ni 1940 km uzatuvchi quvurlar (970 km kanal) almashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Toshkent shahri issiqlik ta'minoti tizimini zamonaviy energotejamkor texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi “Toshkent shahrining issiqlik ta'minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4542-sonli qarori imzolangan.

Qaror bilan 2020-2022 yillarda Toshkent shahri issiqlik ta'minoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari tasdiqlanib, 2023 yilgacha 358,5 km quvurlarni almashtirilishi (qayta yotqizish) ko‘zda tutilgan. Bundan 2021 yilda — 157,3 km quvurlar, 2022 yilda — 201,2 km quvurlar almashtiriladi.  

Top