22:56 / 26.11.2020
5005

Yevroparlament YeIni Turkiyaga qarshi keskin sanksiyalar kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

Yevroittifoq davlat va hukumat rahbarlarining 10-11 dekabrda bo‘lib o‘tadigan sammitida YeI va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar diqqat markazida bo‘ladi.

Foto: Picture Alliance

Yevroparlament (YeP) Yevroittifoqqa a'zo mamlakatlarni O‘rta yer dengizidagi harakatlari uchun Turkiyaga nisbatan keskin sanksiyalar kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Rezolyutsiya qabul qilinishi uchun 631, unga qarshi esa 3 nafar deputat ovoz bergan.

"Yevroparlament deputatlari Yevrokengashni Turkiyaning noqonuniy harakatlariga nisbatan yagona pozitsiyani saqlash va bunga javoban keskin sanksiyalar kiritishga chaqiradi", - deyiladi hujjatda.

 Unda ta'kidlanishicha, Turkiyaning Kiprdagi Famagusta rayonida joylashgan sobiq Varosha kurortini ochish to‘g‘risidagi qarori Kipr muammosini yechish istiqbollariga putur yetkazadi.

"Yevroparlament deputatlari Turkiyani Varoshani uning qonuniy aholisiga topshirishga va noqonuniy ko‘chirish siyosati orqali oroldagi demografik muvozanatni o‘zgartiradigan har qanday harakatlardan tiyilishga chaqiradi", - deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, rezolyutsiyada Anqaraning O‘rta yer dengizi, Liviya, Suriyadagi harakatlari hamda Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashi tufayli Yevroittifoq va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar "tarixiy minimum"ga yetib kelgani ta'kidlangan.

Yevroittifoq davlat va hukumat rahbarlarining 10-11 dekabrda bo‘lib o‘tadigan sammitida YeI va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar diqqat markazida bo‘ladi. Muhokamalar doirasida YeI yetakchilari Anqaraga nisbatan sanksiyalar kiritish borasida qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top