12:52 / 27.11.2020
63848

Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro ishi bo‘yicha ichki ishlar xodimlariga sud hukmi e'lon qilindi

Bugun, 27 noyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi binosida qiynoqqa solinib, vafot etgan fuqaroga aloqador ish bo‘yicha sud hukmi e'lon qilindi.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, sudlanuvchilar D. Hamraliyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan), Q. Qodirov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan), E. Rayimjonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan), F. Husanboyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan), P. Mamajonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va A. To‘raqulovga (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismi navbatchisi vazifasida ishlagan) nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'atining 2020 yil 27 noyabrdagi hukmiga ko‘ra:

D. Hamraliyevning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismining “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. D. Hamraliyev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksi 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi;

Q. Qodirovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. Q. Qodirov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi;

E. Rayimjonovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. E. Rayimjonov Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi;

F. Husanboyevning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. F. Husanboyev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi;

P. Mamajonovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. P. Mamajonov Jinoyat kodeksining 28-moddasi orqali 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 28-moddasi orqali 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi;

A. To‘raqulovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. A. To‘raqulov Jinoyat kodeksining 227-moddasi 1-qismi va 234-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi va 61-moddasi tartibida tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yo‘li bilan uzil-kesil 1 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyasida o‘tash belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 30 may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar, Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro tan jarohatlari bilan kelib tushgan.

IIB JQB tezkor vakillari ish yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaroni IIB ma'muriy binosiga olib kelib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Fuqaro sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan. Jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan u 11 iyun kuni vafot etgan.

Top