10:15 / 27.11.2020
3908

Hindistonda kovidga chalinganlar shifoxonasida chiqqan yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Hindistonning Rajkot shahrida (Gujarot shtati) koronavirusga chalinganlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonada chiqqan yong‘inda 5 bemor halok bo‘ldi. 

Baxsiz hodisa 27 noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Yong‘in shifoxonaning jonlantirish bo‘limida chiqqan. Voqea vaqtida bu yerda 11 bemor bo‘lgan. Ulardan 6 nafarini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
 
Hammasi bo‘lib shifoxonada 33 bemor davolanishda bo‘lgan. Evakuatsiya qilingan bemorlar shahardagi boshqa shifoxonalarga o‘tkazilgan.

Top