08:30 / 27.11.2020
4853
Olmazor Business City: Qanday qilib jihozlangan oshxonani sovg‘a sifatida qo‘lga kiritish mumkin?

Bizning Uylar Development kompaniyasi Olmazor Business City turar joy majmuasidagi xonadonlarning barcha xaridorlari uchun yangi yil arafasidagi yoqimli bonuslar haqida hikoya qiladi.

Tez orada Yangi yil eshik qoqadi – bu mo‘jizakor bayram bo‘lib, kutilmagan sovg‘alar hamda orzular ro‘yobini ayni vaqti ekanligini anglatadi. Bizning Uylar kompaniyasi ham o‘z mijozlarini yoqimli bonuslar bilan xursand qilishga qaror qildi. Olmazor Business City turar joy majmuasidagi har bir xaridor tayyor ta'mirlangan xonadon bilan birga sovg‘a sifatida to‘liq jihozlangan hamda zamonaviy oshxonaga ega bo‘ladi.

Olmazor Business City turar joy majmuasi – bu uy-joylarni bunyod etishda sifat jihatidan yangi yondashuv. Har bir kvadrat metr aholining farovon hayoti uchun puxta loyihalangan. Turli loyihaviy yechimlar, uylar atrofidagi 23,5 gektarli ulkan hudud, obod va manzarali Qichqiriq kanali bo‘yi hamda loyihaning tashrif qog‘ozi – 30 qavatli osmono‘par bino turar joy majmuasini chindan ham o‘ziga xos maskanga aylantiradi.

Majmua hududida joylashgan xususiy bolalar bog‘chasi, zamonaviy maktab, ulkan savdo majmuasi (Shopping mall) va tibbiyot muassasasi uning ko‘p funksiyali faoliyat olib borishiga hissa qo‘shadi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, bu hali Bizning Uylar kompaniyasining barcha bonuslari emas: sotuv ofisiga tashrif buyurib xonadon xarid qilishga qaror qilganlar uchun qulay to‘lov muddati va 28% gacha chegirmalar taqdim etiladi.

Aksiya muddati cheklangan. Batafsil ma'lumotlar sotuv ofisida hamda quyidagi telefon raqamlarida: +998 71 210 44 44

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Instagram: @bizninguylar 

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top