08:38 / 27.11.2020
13783

S-500 tizimi ishlab chiqilishi 2021 yilda yakunlanishi ma'lum qilindi 

Rossiyaning yangi avloddagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi S-500 2021 yilda yaratiladi. Avvalroq S-500 elementlari yaratilgani, uning soddaroq versiyasi sinovlardan o‘tkazilayotgani ma'lum qilingandi. 

Rossiya havo-koinot kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general-leytenant Andrey Yudinning ma'lum qilishicha, 2021 yilda S-500 tizimi ishlab chiqilishini yakunlash rejalashtirilgan. 

2019 yil dekabrida Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko S-500’ning dastlabki sinovlari 2020 yilda boshlanishi, harbiylar tizimning birinchi seriyali namunasini 2025 yilda olishlari ma'lum qilingandi.  

“Armiya-2020” forumida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov jurnalistlarga S-500 davlat sinovlaridan o‘tayotgani, uni seriyali ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar sotib olinayotganini ma'lum qilgan.

2020 yil iyulda Rossiya havo-koinot kuchlari bosh qo‘mondoni Sergey Surovikin S-500 tizimi yaqin fazodagi sun'iy yo‘ldoshlarni va barcha modifikatsiyadagi gipertovushli qurolni yo‘q qila olishini ma'lum qilgan.

S-500 “Almaz-Antey” konserni tomonidan zenit-raketa tizimlarining yangi avlodi sifatida ishlab chiqilmoqda.

G‘arb matbuotida yangi mudofaa tizimi sinovlar vaqtida 481 km uzoqlikdagi nishonni mo‘ljalga olgani, bu esa hozirgi vaqtda mavjud har qanday havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining bu boradagi ko‘rsatkichlaridan 80 kmga ko‘proqligi ma'lum qilingan.

Top