10:29 / 27.11.2020
4326
Savobli ishga bosh qo‘shing: Do‘stlikdagi masjid qurilishiga yordam bering

Jizzax viloyati Do‘stlik tumani markazida, Alisher Navoiy mahallasi hududida 2019 yil oxirida «Yangiqishloq» jome masjidi qurilish ishlari boshlangan edi.

To‘liq hashar yo‘li bilan qurilayotgan masjid 8 qirrali shaklda barpo etilmoqda va uning maydoni 1600 kvadrat metr bo‘lib, gumbazining eng yuqori nuqtasi 27 metr balandlikda bo‘ladi.

Masjid bitgach, unda bir vaqtning o‘zida 2,5 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz namoz o‘qishlari mumkin.

Masjid Do‘stlik tumanining Alisher Navoiy, Sanoatchilar, G‘afur G‘ulom, Chinobod, Mevazor mahallalari hamda Do‘stlik, Arnasoy Mirzacho‘l tumanlariga tashrif buyuruvchi musulmonlarning o‘z farzlarini ado etishlari uchun qulay bo‘lgan tumanlararo o‘tuvchi yo‘lga yaqin joyda bunyod etilmoqda.

Bugungi kunda Do‘stlik tumanida istiqomat qilayotgan 60 mingdan ortiq fuqaro o‘tgan asrning 80-yillarida masjidga moslashtirilgan klub binosida besh vaqt namoz, juma va hayit namozlarini o‘qib kelishmoqda. Ammo ushbu masjid bugungi kunda tuman markazidagi aholi soniga hamda bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi.

Shu kungacha saxovatpesha yurtdoshlarimizning 500 million so‘mdan ortiq ko‘rsatgan yordamlari sabab, masjidning poydevor qismidagi qurilish ishlari yakunlanmoqda.

«Masjid qurish uni obod qilish Alloh ulkan savobni va'da qilgan afzal amallardan bo‘lib, u inson vafotidan keyin ham savobi to‘xtamay yozilib turadigan sadaqayi joriya hisoblanadi», — deydi Do‘stlik tumani bosh imom xatibi Ahmadqul Abdurasulov.

Alloh taolo tavba surasida shunday marhamat qiladi: «Albatta, Allohning masjidlarini faqat Alloh va oxirat kuniga imon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qiladilar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar».

Rasuli akram sollallohu alayhi vassallam aytdilar: «Kim Alloh uchun bir masjid bino qiladigan bo‘lsa — u xoh katta bo‘lsin, xoh kichik bo‘lsin — Alloh unga jannatdan bir bino qurdiradi».

Allohning kalomida keltirilgan va Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallam tasdiqlagan ulug‘ ajrga sazovor bo‘lish, masjid qurish savobiga sherik bo‘lish niyatidagi yurtdoshlarimizni Allohning uyini barpo qilishda hissa qo‘shishga chorlab qolamiz.

Masjid qurilishi uchun ehson qilish niyatida bo‘lsangiz ushbu hisob raqamlariga o‘z ehsonlaringizni o‘tkazishingiz mumkin:

UzCard - Ahmadqul Abdurasulov nomida 8600 0609 3099 1428

Hisob raqami: Do‘stlik tumani «Xalq banki»

2021 2000 0003 9392 5002

MFO: 00682, STIR: 202460933

Murojaat uchun telefon: (94) 190-26-28;

Ahmadqul Abdurasulov Do‘stlik tumani bosh imom xatibi

Top