13:40 / 27.11.2020
3181
Toshkent davlat stomatologiya institutida Tibbiyot oliygohlari talabalari o‘rtasida xalqaro onlayn olimpiada o‘tkazildi
Foto: Toshkent davlat stomatologiya instituti

26-27 noyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida xalqaro tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha «XXI asrda Buyuk ipak yo‘li tibbiyoti: zamonaviy rivojlanish vektorlari» xalqaro onlayn olimpiadasi o‘tkazildi.

Mazkur olimpiadada Fransiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ispaniya, Chexiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Ukraina davlatlarining 42 ta tibbiy oliy ta'lim muassasalarining davolash, stomatologiya, pediatriya va tibbiy-pedagogik ta'lim yo‘nalishlarining 250 dan ortiq talabasi ishtirok etdi.

Olimpiada musobaqalari oliy ta'lim muassasalarining videotaqdimotlari, ilmiy-amaliy konferensiya, ijodiy tanlov, stomatologiya va davolash ishi, fundamental fanlar va virtual tibbiyot yo‘nalishlarini o‘z ichiga oldi.

Mutaxassisliklar bo‘yicha tanlovlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:

Stomatologiya yo‘nalishida: ortopedik stomatologiya, jarrohlik stomatologiyasi, bolalar terapevtik stomatologiyasi va ortodontiya.

Davolash ishi yo‘nalishida: ichki kasalliklar, umumiy jarrohlik, otoloringologiya, dermatovenerologiya, oftalmologiya, asab kasalliklari yo‘nalishlarida bellashildi.

Fundamental fanlardan: normal fiziologiya, topografik anatomiya, mikrobiologiya, gistologiya, kimyo, lotin tili fanlaridan o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi.

MDH davlatlari orasida ilk marotaba virtual stomatologiya yo‘nalishida musobaqalar tashkil etildi. Mazkur musobaqalar innovatsion 3D – simulyatorlarda o‘tkazilib, dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etishdi. Xususan, Fransiyaning Lotaringiya universiteti, Angliyaning Sheyflid universiteti, Ispaniyaning Adema universiteti.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, Toshkent davlat stomatologiya instituti O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari orasida 10-o‘rinni, tibbiyot OTM orasida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati

Top