11:35 / 28.11.2020
7011
Qamchiq dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi

2020 yilning 28 noyabr kuni Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi bo‘lganligi sababli FVV va IIV tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. 

FVV xabariga ko‘ra, yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator xizmatlarning maxsus texnikalari yordamida yo‘llar qordan tozalanib, muzlamalarning oldini olish uchun qum-tuz aralashmasi sepildi.

“O‘zgidromet” xulosasiga ko‘ra, 2020 yil 28 noyabr soat 11:30dan boshlab Qamchiq dovoni orqali avtotransport vositalarining harakati qayta tiklandi.

Top