15:31 / 29.11.2020
31234
Ilyos Safarovga oilaviy baxt tilaymiz!

Kun.uz jamoasining qadrli a'zosi Ilyos Safarov bo‘ydoqlar safini tark etmoqda. Bugun Samarqand viloyati Jomboy tumanida uning baxt va visol kechasi bo‘lib o‘tmoqda.

E'tiborlisi, kelin va kuyov – hamkasblar. MY5 telekanali jurnalisti Dilafro‘z Jo‘rayeva Kun.uz vakilining xonadoniga kelin bo‘lyapti.

Tahririyat jamoasi ikki yoshga to‘kis baxt, farzandlar saodati va uzoq umr tilab qoladi!

Qisqa vaqt ichida o‘z faolligi bilan jonkuyar muxbir sifatida tanilgan Ilyos Safarovning ijodiga ham yangi marralar yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Top