12:30 / 29.11.2020
3430
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ: Ochiqlik va o‘zaro muloqot – muammolarni bartaraf qilish omili

28 noyabr kuni viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati ishtirokida «Xorazm viloyatida kuz-qish mavsumida aholi xonadonlari va tashkilotlarga elektr energiyasini yetkazib berish, yangi turdagi hisoblagichlarni avtomatik dasturga ulash jarayonlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ bosh direktori M.Bazarimbetov va jamiyatning barcha o‘rinbosarlari yig‘ilganlarga hisobot berdilar.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufida 61 dona 35-110 kV podstansiyalar, 12416,2 km 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari hamda 4522 dona 10/0,4 va 6/0,4 kV transformator punktlari mavjud bo‘lib, ular orqali 386654 ta (19919ta ulgurji, 366735 ta aholi) iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib beriladi.

2020-2021 yil kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida  joriy yilning 26 noyabr holatiga  5 dona 35-110 kV kuchlanishli kuch transformatorlari, 10 ta 35-110 kVli o‘chirgichlar, 622,2 km uzunlikda 110-0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 329 dona 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari to‘liq mukammal ta'mirlandi. 

1244,5 km uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari va 658 ta transformator punktlari, 61 ta 35-110 kVli podstansiyalarni joriy ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lsa, ayni kungacha 1387,3 km (rejaga nisbatan 111,5 %) uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari va 699 ta (rejaga nisbatan 106,2 %) transformator punktlari hamda 61 ta (rejaga nisbatan 100,0 %) 35-110 kVli podstansiyalar joriy ta'mirlash ishlari bajarildi. 

Viloyatning Gurlan tumanida joylashgan 110/10 kVli «Gurlan» podstansiyasidagi quvvati 10000 kVA bo‘lgan transformator o‘rniga quvvati 16000 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatildi, podstansiyalarda zaxiraga chiqqan kuch transformatorlarini ko‘chirilib o‘tkazilishi hisobidan Urganch tumanidagi «Do‘stlik», Xonqa tumanidagi «Qirqyop», Hazorasp tumanidagi «Sanoat» va «Nurchi», Yangiariq tumanidagi «Kattabog‘» podstansiyalaridagi kuch transformatorlarining quvvatlari almashtirildi.

Bundan tashqari, Urganch shahrining o‘ta muhim obektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/6 kVli «Sharqiy» podstansiyasining 1-seksiyasidagi 6 kVli yacheykalari o‘rniga yangi zamonaviy yacheykalar o‘rnatildi. Bajarilgan ishlar natijasida Gurlan, Urganch, Xonqa, Hazorasp, Yangiariq tumanlari va Urganch shahridagi 10,5 mingdan ortiq elektr energiyasi iste'molchilarining elektr ta'minoti yanada yaxshilandi.

Bundan tashqari, anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi PF-5761-sonli Farmoniga asosan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. 

2019 yilning sentyabr oyidan Xorazm viloyatida yangi turdagi 452558 ta ASKUEga mos elektr hisoblagichlari o‘rnatilishi lozim bo‘lsa, hozirgacha 230850 ta o‘rnatildi. Qolgan 221708 ta elektr hisoblagichlar 2021 yilning 1 yanvariga qadar o‘rnatilishi va 2021 yil 1 aprel soniga qadar barcha hisoblagichlar ASKUE tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.  

Viloyat bo‘yicha jami 4985 ta konsentrator transformatorlarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib shundan, hozirgi kunga qadar 204 ta konsentrator qurilmalari joylarga o‘rnatilishi ta'minlandi.

Qizg‘in muloqot va savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tgan anjumanda, yig‘ilgan jurnalist va OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. 

Jamiyat tomonidan bunday matbuot anjumanlari va brifinglar kelgusida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati

Top