11:01 / 30.11.2020
11037

O‘zbekiston xorijdan 64 mln dollarlik mobil telefonlar import qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, mamlakatga qiymati 64,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 781,7 ming dona mobil telefonlari import qilingan.

Foto: Jason Lee / Reuters

O‘zbekiston 19 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan
 
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 556,6 ming dona;
Vetnam – 143,4 ming dona;
Hindiston – 36,7 ming dona;
BAA – 23,9 ming dona;
Rossiya – 11,3 ming dona.

Ma'lumot o‘rnida, mamlakatda 2019 yilda 235 ming dona qiymati 31,7 mlrd. so‘mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.

Top