07:59 / 30.11.2020
26448
Samarqandda qalbaki pullar ishlab chiqargan shaxslar ushlandi

Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Qayd etilishicha, Urgut tumani Qolduvoyjar mahallasida yashovchi B.I. o‘zining yashash uyining xonasida o‘ziga tegishli bo‘lgan rangli printeri orqali 100 000 so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarib, muomalaga kiritib kelganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, B.I.ning qarindoshi D.ning yashash uyi ko‘zdan kechirildi.

Ushbu shaxs ham o‘zining yashash uyida jami 3 500 000 so‘m miqdoridagi qalbaki  pullarni saqlab kelayotganligi aniqlanib daliliy ashyolar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi. 

Mazkur holatlar yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top