18:05 / 01.12.2020
1512
BioNTech va Pfizer koronavirusga qarshi vaksinani YeIda ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza berdi

Mabodo BioNTech va Pfizer kompaniyalarining arizasi qanoatlantirilsa, u holda Yevropada vaksinatsiya 2020 yil yakunlanguniga qadar boshlanishi mumkin.

Foto: Picture Alliance

Germaniyaning BioNTech farmatsevtika kompaniyasi va uning AQShdagi hamkori Pfizer koronavirusga qarshi o‘zlari ishlab chiqqan vaksinani ro‘yxatga olish uchun Yevropa dori vositalari agentligiga (EMA) ariza berdi. BioNTech saytida aytilishicha, agentlik arizani ko‘rib chiqishni boshlagan. Agarda EMA BNT162b2 vaksinasi qabul qilinganida xatarli bo‘lishi mumkinligi aniqlansa, u bozorga cheklangan tartibda chiqariladi.

 Cheklangan tartib undan foydalanishga vaqtinchalik ruxsat berilishini anglatadi. Mabodo EMA BioNTech va Pfizer arizasini qanoatlantirsa, u holda Yevropada vaksinatsiya 2020 yil yakunlanguniga qadar boshlanishi mumkin.

 Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, BNT162b2 vaksinasining samaradorligi 95 foizga, yoshi 65dan yuqori insonlar uchun 94 foizdan ortiqroqni tashkil etadi. Sinovlarda ishtirok etganlarda hozircha uning nojo‘ya ta'sirlari qayd etilmagan.

20 noyabrda BioNTech va Pfizer o‘z vaksinalarini AQShda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergandi. O‘z navbatida Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi ham koronavirusga qarshi mRNA-1273 vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berganligini ma'lum qildi.

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda AstraZeneca, Sanofi, Sinovac va Johnson & Johnson kompaniyalari ham muvaffaqiyatga erishganligi ma'lum qilingan. Xitoy va Rossiyada esa mahalliy laboratoriyalarda ishlab chiqilgan vaksinalar bilan emlash boshlangan, ammo ularning samaradorligi borasida mustaqil tekshiruvlar natijalari e'lon qilinmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top