Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Podpolkovnik Hamid Rahimjonovich Zokirov Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
X.Zokirov tayinlovga qadar Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy –texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - moddiy-texnika va xo‘jalik xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Sohibjon Zikrillayevich Norov Toshkent viloyati IIBB boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S.Norov tayinlovga qadar Toshkent viloyati IIBBda mas'ul lavozimda faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Tolibjon G‘ofurovich Azimov Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – moddiy-texnika va xo‘jalik xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
T.Azimov tayinlovga qadar IIV tizimida mas'ul lavozimda faoliyat yuritgan.
Mayor Botir Ismoilovich Qayumov Quyi Chirchiq tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
B.Qayumov tayinlovga qadar Ohangaron tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Valijon Anorqulovich Xudoyqulov Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
V.Xudoyqulov tayinlovga qadar Oqqo‘rg‘on tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Narzulla Bekmurzayevich Sultonov Bekobod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
N.Sultonov tayinlovga qadar Bekobod tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.