19:05 / 01.12.2020
14275
“Marselni armanlarga bering”. Aliyev Fransiya senatining Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha rezolyutsiyasiga izoh berdi

 25 noyabrda Fransiya senati hukumatni Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi.

Foto: azertag.az

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Fransiya hukumatini Marsel shahrini armanlarga berishga chaqirdi. U Fransiya senatining Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olishga chaqirgan rezolyutsiyasiga nisbatan ana shunday munosabat bildirdi.

 Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Qorabog‘ masalasiga Fransiya parlamentining hech qanday aloqasi yo‘q.

«Fransiya senati Tog‘li Qorabog‘ tan olinishi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Agar ular sizlarga yoqadigan bo‘lsa, Marsel shahrini ularga bering, uning nomini o‘zgartiring, o‘sha yerda ularga ikkinchi davlat tashkil etib bering, dedim», — dedi Ozarboyjon prezidenti xalqqa murojaatida.

 25 noyabrda Fransiya senati hukumatni Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Rezolyutsiya loyihasini 305 deputat qo‘llab-quvvatlagan, faqat bir deputat – Fransiya tashqi ishlar vazirligidagi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan unga qarshi chiqqandi.

 O‘z navbatida, Fransiya hukumati Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Mavzu
Ozarboyjon-Armaniston mojarosi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top