17:00 / 01.12.2020
4686
Xorijiy avtotransport vositalarini O‘zbekiston hududidan qaytarib olib chiqish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020 yil hisobidan qaytarib olib chiqish muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan qaytarib olib chiqish muddati 2020 yil 1 noyabrdan 2021 yil 1 aprelga qadar uzaytirildi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 26 noyabrdagi yig‘ilish bayoni bunga asos bo‘lgan.

Bungacha Maxsus komissiya qarori bilan tasdiqlangan vaqtinchalik yo‘riqnomaga asosan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini qaytarib olib chiqish muddati 2020 yil 1 sentyabrdan 2020 yil 1 noyabrga qadar uzaytirilgan edi.

Top