20:16 / 02.12.2020
5936
BMTda kannabisni xavfli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqarish qo‘llab-quvvatlandi   

BMTda kannabisni geroin kabi xavfli giyohvand moddalar kiritilgan ro‘yxatdan chiqarishga ovoz berildi. 

Foto: The New York Times

BMT tibbiy kannabisni 1961 yilda tuzilgan Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi yagona konvensiyaning IV ro‘yxatidan chiqardi. Ushbu modda bugungi kungacha ro‘yxatda geroin kabi kuchli tobelikni keltirib chiqaruvchi xavfli narkotiklar bilan bir qatorda turgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi. 

Kannabisning ro‘yxatdan chiqarilishi uchun Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiyaga kiruvchi 53ta davlat vakillari ovoz bergan. Komissiya a'zolari ushbu qarorni qabul qilishdan oldin Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir qator tavsiyalarini ko‘rib chiqishgan.

Ta'kidlanishicha, tibbiy kannabisning xavfli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqarilishi uning qo‘llanishi ortidan nazorat susaytirilishini anglatmaydi.  

AQSh, Yevropa davlatlari va boshqa ba'zi davlatlar kannabisning ro‘yxatdan chiqarilishi uchun ovoz bergan, Xitoy, Misr, Nigeriya, Pokiston va Rossiya bunga qarshi chiqqan.

Top