19:44 / 02.12.2020
2871

Interpol koronavirusga qarshi qalbaki vaksinalar paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Interpol tashkilotning 194 a'zo mamlakati huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli ogohlantiruv jo‘natgan.

Foto: Joel Saget/AFP/Getty Images

Interpol uyushgan jinoiy guruhlar koronavirusga qarshi qalbaki vaksinalar tarqatishi yoki haqiqiysini o‘g‘irlashi mumkinligidan tashvishlanmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

"Huquqni muhofaza qilish organlari koronavirusga qarshi vaksina bilan bog‘liq jinoiy faollikning barcha turlariga qarshi imkon boricha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi juda muhim", - dedi Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok.

Nashrning yozishicha, Interpol tashkilotning 194 a'zo mamlakati huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli ogohlantiruv jo‘natgan.

Shtokning qayd etishicha, jinoyatchilar olami "vaksinalar yetkazib berish zanjiriga bog‘lanish yoki uni uzib tashlashni rejalashtirmoqda", shuningdek, soxta saytlar yordamida odamlarga qalbaki dorilarni taklif etishi mumkin.

Bundan tashqari, jinoyatchilar katta ehtimol bilan koronavirusni aniqlaydigan qalbaki testlarni ishlab chiqarishi va tarqatishi ham mumkin. 

Avvalroq Buyuk Britaniya Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni ma'qullagan birinchi davlatga aylangandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top