00:30 / 02.12.2020
3730
Kobulda bomba portlashi oqibatida rossiyalik diplomatlar jarohat oldi
Foto: Reuters

Afg‘oniston poytaxti Kobulda rossiyalik diplomatlar ketayotgan avtomobilning harakatlanish yo‘lida qo‘lbola portlovchi qurilma portladi. Buning oqibatida Rossiya elchixonasi xodimlari yengil kontuziyalangan.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilishicha, portlash Rossiya elchixonasi yonida sodir bo‘lgan. Avtomobil ichidagi diplomatlar yengil kontuziyalangan. 

“Dastlabki baholashga ko‘ra, hujum Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlarining diplomatlar avtomobili oldida harakatlangan pikapiga qarshi qaratilgan bo‘lgan. Biroq ushbu terakt Rossiya fuqarolariga qarshi qaratilganini istisno qilib bo‘lmaydi”, deb aytgan Zaxarova.

Uning ta'kidlashicha, vazirlik Afg‘oniston hukumatidan yuz bergan voqeani tergov qilishni va Rossiyaning xorijiy vakolatxonalari xodimlari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishni talab qilgan. 

Bundan tashqari, Rossiya o‘z elchixonasi xodimlari va obektlarining himoyasi darajasini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshiradi.

Top