21:59 / 02.12.2020
9622

NATO Rossiyani 2030 yilgacha asosiy harbiy tahdid deb hisoblamoqda

NATO Xitoyni Rossiyadan keyingi o‘rinda turuvchi harbiy tahdid deb hisoblamoqda va bu mamlakatning xatti-harakatlarini baholash uchun muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilma tashkil etilishi kerak degan fikrda.

Foto: Vagram Bagdasatyan / Photolure / TASS

NATO kamida 2030 yilgacha Rossiyani o‘z xavfsizligi uchun asosiy harbiy tahdid deb hisoblaydi. Bu haqda “NATO – 2030” hisobotida aytilmoqda.

“Istiqbolda 2030 yilgacha Rossiya alyans uchun asosiy harbiy tahdid bo‘lib qoladi”, — deyiladi hujjatda.

Hisobotda aytilishicha, NATO Xitoyni Rossiyadan keyingi o‘rinda turuvchi harbiy tahdid deb hisoblamoqda va bu mamlakatning xatti-harakatlarini baholash uchun muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilma tashkil etilishi kerak degan fikrda.

Xitoy alyansga keng miqyosdagi bevosita harbiy tahdid solmasa-da, O‘rta Yer dengizi, Atlantika okeani va Arktikada o‘z harbiy imkoniyatlarini kengaytirmoqda hamda Rossiya bilan mudofaa hamkorligini kuchaytirmoqda”, — deyiladi hisobotda.

 Qayd etilishicha, NATO Rossiya va Xitoyning harbiy va texnologik hamkorligini kuzatish uchun maxsus razvedka bo‘limini tashkil etishi lozim.

Mavzuga oid
Top