12:13 / 02.12.2020
7301
Ohangarondagi «Saxovat» uyida keksalar uchun berilgan cariyog‘ aslida margarin bo‘lib chiqdi

Ohangaron «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida bemorlarga berilgan mahsulotlar tekshirildi. Bu haqda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi so‘rovnomasiga binoan taqdim etilgan, bemorlarga berilayotgan sariyog‘ mahsuloti «O‘zstandart» agentligi laboratoriyasida tegishli tartibda sinovdan o‘tkazilgan.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan bemorlarga berilayotgan sariyog‘ mahsuloti aslida margarin ekanligi ma'lum bo‘ldi, deyiladi xabarda. 

Top