15:42 / 03.12.2020
56866

2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezident “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonga muvofiq, 2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

2 sentyabr – payshanba;

3 sentyabr – juma.

Shuningdek, 2021 yil 2 yanvar – shanba, 20 mart – shanba, 22 mart – dushanba va 4 sentyabr – shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.

Avvalroq, 2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash to‘g‘risida prezident farmoni loyihasi e'lon qilingandi.

Budjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. 

Har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kuni qo‘shiladi.

Har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.

Mavzuga oid
Top