16:49 / 03.12.2020
9134
«Buxoro» quyi ligaga tushdi, «Andijon» Pro liga klubi bilan pley-offda o‘ynaydi. Superliga-2020 yakunlari 

Superliga yakuniy 26-turi doirasida turnir jadvalining quyi qismidagi vaziyat ham oydinlashdi. «Buxoro» Pro ligaga ravona bo‘ldi, «Andijon» 13-o‘rinni egallab, pley-offda o‘ynaydigan bo‘ldi.

OKMK Olmaliqda «Buxoro»ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda bosh hakam Viktor Serazetdinov jiddiy xatoga yo‘l qo‘yib, «Buxoro» foydasiga penalti belgilagan bo‘lsa-da, mehmonlarning hisob ochishidan keyin mezbonlar uchta gol urib, g‘alaba qozonishdi – 3:1. Bu esa «Buxoro»ning 14 ochko bilan Pro ligaga tushib ketishiga sabab bo‘ldi.

Amaldagi chempion «Paxtakor» esa «Andijon»ni mag‘lub etdi. Natijada «Andijon» 16 ochko bilan 13-o‘rinda qolib, Superligada qolish uchun Pro liga vakiliga qarshi pley-off o‘yinida maydonga tushadi. Reglamentga binoan, «Andijon» Pro ligada 2-o‘rinni olgan «Neftchi»ga qarshi safarda maydonga tushishi kerak. Ammo Farg‘onadagi tartibsizliklar sababli «Neftchi»ga qanday jazo qo‘llanilishi va bu klubning pley-offda to‘p surishi hozircha noma'lum.

«Surxon» esa «So‘g‘diyona»ga mag‘lubiyatga uchrab, 17 ochko bilan 12-o‘rinda qolib Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Kumush medallarni qo‘lga kiritgan «Nasaf» o‘z uyida «Lokomotiv» bilan durang o‘ynadi. «Vodiy derbisi»da ham kuchlar teng keldi. «Bunyodkor» Navoiyda 1 ochko olib, mavsumni 4-pog‘onada yakunladi. «Mash'al» mavsumni qatorasiga uchinchi g‘alaba bilan yakunladi.

Superliga. 26-tur.
OKMK – «Buxoro» - 3:1
Hakam
: Viktor Serazitdinov (Toshkent)
Gollar: Husniddin G‘ofurov 45+1, 57, Elguja Grigalashvili 87 – Aziz Ibragimov 15 pen.
OKMK: 35.Valijon Rahimov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 11.Murod Toshmatov, 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov, 17.Sanjar Tursunov, 94.Husniddin G‘ofurov, 21.Mate Vatsadze, 7.Elguja Grigalashvili.
«Buxoro»: 91.Zafar Safayev, 4.Mirjalol Jumayev, 5.Bobir Omonov,7.Suhrob Ne'matov, 10.Aziz Ibragimov, 11.Zohir Pirimov, 17.Behruz Sadilloyev, 24.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 71.Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 93.Maksimilian Fomin.

«Surxon» – «So‘g‘diyona» - 1:2
Gollar
: Aleksandr Kasyan 58 – Sanjar Rashidov 8, Shohruz Norxonov 80
Hakam: Vadim Agishev (Toshkent)
«Surxon»: 12.Azamat Ahmedov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 7.Nizomjon Norov, 10.Shavkat Salomov (s), 11.Aleksandr Kasyan, 17.Sardor Sulaymonov (60.O‘ral Choriyev, 21), 20.Husniddin G‘ofurov, 44.Darko Stanoyevich, 70.Ibrohim Yo‘ldoshev, 77.Asror G‘ofurov.
«So‘g‘diyona»: 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar Shayqulov, 4.Elyor Orifov, 5.Ayubxon No‘'monov (8.Jamshid Boltaboyev, 61), 7.Sanjar Rashidov, 10.Shohruz Norxonov, 12.San'at Shixov, 19.Javohir Qahramonov, 21.Sahob Rashidov (11.Jasur Hasanov, 46), 22.Shahboz Jo‘rabekov. 

«Paxtakor» - «Andijon» - 2:0
Hakam
: Zokir Qodirov (Navoiy)
Gol: Dragan Cheran 32, Javohir Sidiqov 34.
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Akram Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Yegor Krimets, 21.Abrorbek Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov, 77.Eren Derdiyo‘q, 99.Javohir Sidiqov.
«Andijon»: 16.Eldorjon Adhamov, 3. Azamat Isroilov, 4. Farhod Mirahmatov, 5. Xushnudbek Avilov, 6. Baxtiyor Qosimov, 8. Farhod Bekmurodov, 17. Abdulloh Olimov, 22. Usmonali Ismonaliyev, 28. Farhod Sohibjonov, 33. Doniyor Abdumannonov, 80. Shahboz Jumaboyev.

Superliga, 26-tur, 3 dekabr
«Nasaf» – «Lokomotiv» 0:0
Hakam
: Rahimjon Karimov
Nasaf – 13.Azamat Soyibov, 4.Husniddin Aliqulov, 7.Dilshod Rahmatullayev (5.G‘olib G‘aybullayev), 14.Sharof Muhiddinov (6.Murod Xo‘jamberdiyev), 15.Jo‘rabek Mannonov, 19.Husayn Norchayev (10.Bobur Abduxoliqov, 46), 20. Islom Kenjaboyev (25.Muhriddin Zoirov), 22.Akmal Mozgovoy, 50. Shohmalik Komilov (88.Marko Stanoyevich), 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov.
Lokomotiv – 35.Javohir Ilyosov, 8.Vadim Afonin (4.Shahzod Shaymanov), 14.Aziz Amonov, 19.Avaz O‘lmasaliyev (7.Kaxi Maxaradze), 20.G‘ulom Haydar G‘ulomov (3.Jahongir Abdumo‘minov), 25.Javohir Alijonov, 26.Dilshod Komilov, 28.Shuhrat Muhammadiyev (80.Farruh Ibrohimov),37.Sherzod Fayziyev,52.Jaloliddin Jumaboyev,77.Diyor Turopov (10.Marat Bikmayev).

«Qo‘qon-1912» – «Navbahor» 1:1
Hakam
: Akobirxo‘ja Shukrullayev
Gollar: Quvondiq Ro‘ziyev (75) – Azim Ahmedov (73).
Qo‘qon-1912 – 21.Muzaffar Abdullayev, 3.Bobur Akbarov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 13.Sardor Azimov (4.Sobit Sindarov), 14.Avaz Mamatxo‘jayev,15.Oybek Rustamov, 19.Hamidullo Abduhamidov (17.Muzaffar Muzaffarov), 20.Iqbol Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 70.Murod Xolmuhammedov.
Navbahor – 1.O‘tkir Yusupov,4.Ehsoni Panshanbe, 7.Azim Ahmedov, 8.Javlon Ibrohimov,10.Aziz Turg‘unboyev (25.Shohruh Mahmudhojiyev), 18.Sardor Telyakov (9.Ivan Solovyov),19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Davron Hoshimov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (88.Ruslan Bolov), 95. Zabihullo O‘rinboyev. 

«Qizilqum» – «Bunyodkor» 1:1
Hakam
: Ahrol Risqullayev
Gollar: Jasur Azimov (76) – Sanjar Qodirqulov (29).
Qizilqum – 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Boydullayev, 7.Oybek Qilichev, 8.Ruslan Margiyev, 10.Alisher Sanoyev, 14.Fayzullo Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 21.Muhsin Ubaydullayev, 44.Ibrohim Tomiva (11.Qadamboy Nurmetov), 75.Oleg Tolmasov, 88.Jamshid Hasanov.
Bunyodkor – 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islom Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 10.Xurshid G‘iyosov, 13 Lutfulla To‘rayev, 15.G‘ayrat Azizxo‘jayev (34.Suhrob Izzatov), 17.Sanjar Qodirqulov (26.Ulug‘bek Abdullayev), 19.Nurillo To‘xtasinov (14.Mirjahon Mirahmadov), 30.Abdulla Abdullayev, 37.Muhammadodil Qahramonov (7.Dilshod Ahmadaliyev), 90.Shahboz Erkinov (49.Farruh Ikromov).

«Mash'al» – «Metallurg» 1:0
Hakam
: Abdurashid Xudoyberganov
Gol: Humoyun Murtazoyev (7).
Amalga oshirilmagan penalti: Sardor Abduraimov (11).
Mash'al – 35.Rahim Davronov (30.Shohruh Eshbo‘tayev),5.Najmiddin Normurodov, 8.Ibe Okoro, 10.Sherzod Temirov, 19.Sardor Abduraimov (7.Ifeani Ifeani), 22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 23.Samandar Shukrullayev, 29.Xumoyun Murtazoyev (17.Jamoliddin Ubaydullayev), 33.Denis Vasilev (15.Muhammadali Aliqulov), 76.Abdumalik Norqobilov, 77.Ibrohim No‘monov 
Metallurg – 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 8.Salamat Qutiboyev, 10.Shahzod Ubaydullayev, 14.Abror Toshko‘ziyev, 15.Zohid Abdullayev (11.Murod Bobojonov), 20.Xuydoshukur Satorov, 21.Kamoliddin Tojiyev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (7.Doniyor Narzullayev), 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 28. Stanislav Andreyev.

Superliga-2020 yil yakuni:
1. «Paxtakor» - chempion
2. «Nasaf» - kumush medali sohibi
3. OKMK – bronza medali sohibi
13. «Andijon» - pley-offda o‘ynaydi
14. «Buxoro» - quyi ligaga ravona bo‘ldi

Superliga-2020 yakuniy turnir jadvali:

Top