12:16 / 03.12.2020
8184

Dilnuraning onasi: “Men qizimdan xavotirdaman”

Xayriya so‘rab murojaat qilgan navbatdagi oila Surxondaryoning Sariosiyo tumanidan. Nochor oilaning shu paytga qadar muammolari yetmaganday qizlari ham murakkab dard bilan kurashmoqda.

 

– Qizim Dilnura Hayitmamatova endigina 5 yoshga kirdi. Uni vaqt o‘tgani sari cho‘ktirib borayotgan dard qiynamoqda. Miyada rivojlanib borayotgan kasallik tufayli qizimga “Asab tizimining perinatal zararlanishi” tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallikning qator asoratlaridan biri sifatida qizim asta-sekin gapirishdan qolmoqda, – deydi yig‘lab Dilnuraning onasi Toshgul Toshqulova.

– O‘zimiz haminqadar yashaymiz. Shu qizimning kasalligi tufayli Toshkent–Surxondaryo o‘rtasida qatnab, shifoxonalarda davolanib topgan-tutganimizni sarflab bo‘ldik va ancha qarzga ham kirib ketdik. Qizim sog‘ayishi uchun uzoq muddatli muolajalar va reabilitatsiya zarur ekan. Hozir bolaginam borgan sari kamroq gapirayapti. Shuning bittagina so‘zini eshitish uchun kuniga yuz martalab savol beraman, gapga tutaman. Bir og‘iz javob bersa, ko‘z yoshlarimni yashirib yig‘layman...

Buning ustiga og‘ir kasallik boshqa a'zolariga ham asorat berishi mumkinligini o‘ylab dahshatga tushaman. Juda zarurat tufayli saxovat egalaridan yordam so‘rashga majbur bo‘ldim, – so‘zlarini tugatdi onaizor.

Dilnura Hayitmamatovaga oid ma'lumotlar:

Uzkard: 8600 0423 0793 9578 (Agrobank, otasi G‘ulomjon Qodirov nomida)

Humo:9860 0303 4796 5185 (otasi G‘ulomjon Qodirov nomida)

Sberbank: 4276 2200 1783 2794 (qarindoshi Mehriddin Husainov nomida)

Telefon raqami: +998937289240

Dilnura bugun unsiz nigohlari bilan, so‘zsiz suhbatlari bilan dardini aytmoqda. Qizaloqning bu dunyodagi umidlari shu yoshidayoq cheklanib qolishi har qanday yurakni ezishi tabiiy. Imkoni borlar ataganlari bilan, yo‘qlar duolarida Dilnurani eslab qo‘ysinlar.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top