23:00 / 03.12.2020
7419
Millatlar Ligasi yarimfinaliga qur'a tashlandi va hal qiluvchi o‘yinlar sanalari e'lon qilindi 

Shveytsarining Nyon shahrida Millatlar Ligasining hal qiluvchi bosqichiga qur'a tashlandi. 

Qur'a natijalariga ko‘ra, yarimfinalda Ispaniya Italiya bilan, Belgiya Fransiyaga qarshi bahs yuritadi.

Yarimfinal o‘yinlari 2021 yil 6-7 oktyabr kunlari, 3-o‘rin uchun va final bellashuvlari 10 oktyabrda o‘tkaziladi.

Ispaniya va Italiya jamoalari  Milandagi «San-Siro» stadionida maydonga tushishsa, Belgiya – Fransiya o‘yini Turindagi «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tadi.

Top