20:45 / 03.12.2020
13166
Tarixdagi birinchi hijobli model moda olamini tark etdi

Moda tarixidagi birinchi hijobli model Halima Ayden Inctagramdagi sahifasida moda olamini tark etganini ma'lum qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi 1,5 millionga yaqin kuzatuvchisiga shunday deb murojaat qildi: «Moda hech qachon men uchun bo‘lmagan. Men uyg‘ondim va iymonimni tanladim».

Keniyada tug‘ilgan 23 yoshli Halima Aydenning hijobdagi surati birinchi marta 2018 yilda Britaniyaning «Vogue» jurnali muqovalarida e'lon qilingan. Ayden faoliyati davomida diniy e'tiqodlari buzilganini ma'lum qildi. Pandemiya davrida esa bular haqida qayta o‘ylash uchun unda vaqt bo‘lgan.

Halimaning bunday qarorga kelishiga modalar namoyishi yoki fotosessiya jarayonlari sabab namoz vaqtlarini o‘tkazib yuborgani, shuningdek, bir gal ro‘mol o‘rniga boshiga jyensi kiyishga majburlashgani sabab bo‘lgan.

Ayden e'tiqodidan chekinib, imkoniyat va karera uchun tirishgani uchun o‘zini ayblaydi. Uning Sky News’ga aytishicha, hijob taqib yurishini qabul qilishsa, faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Top