11:00 / 03.12.2020
14666
Reklama

Seoul Mun: 505 dona temir-beton qoziqlar o‘rnatildi

“Dream City Development” kompaniyasi poytaxtdagi Seoul Mun loyihasining qurilish jarayoni bilan tanishtirishda davom etadi.

Qurilishning birinchi bosqichida Bo‘rijar kanalining janubiy qirg‘og‘ida turli balandliklardagi yo‘lni vertikal mustahkamlash bilan bog‘liq ishlar olib borildi. Tuproq qatlamlarini barqarorlashtirish va mustahkamlash uchun temir-beton qoziqlarni ushlab turish orqali tuproqni mustahkamlash texnikasi qo‘llanilgan. Bir biriga yaqinroq o‘rnatilgan ushbu beton ustunlar tom ma'noda vertikal ramka hosil qilib, qirg‘oqni ko‘chkilar va tuproq eroziyasidan himoya qiladi. Agar barcha 505 ta biriktiruvchi qoziq qo‘shilsa, ularning umumiy uzunligi 5192 metrni tashkil qiladi.

Ayni damda ushlab turuvchi anker qoziqlarini bog‘lash ishlari davom etmoqda. Ushbu jarayon yukni teng ravishda taqsimlash va temir-beton qoziq konstruksiyalarining statik muvozanatini saqlash uchun kerak. Shu maqsadda, uzunligi 20 metr bo‘lgan, 15 gradus burchak ostida o‘rnatilgan mustahkamlovchi maxsus ankerdan foydalaniladi. Bu bosqichda o‘rnatilgan ankerlarning umumiy uzunligi 7722 metrdan oshadi.

Mustahkamlangan vertikal sirt tayyor bo‘lgach, u maxsus g‘isht bilan to‘ldiriladi, gidro va issiqlik izolatsiyasiga tayyorlanadi. Bunday devorning qalinligi 600 mm bo‘ladi. Aynan u seysmik qarshilikni ta'minlaydi va devor sifatida xizmat qiladi. Bunga parallel ravishda mutaxassislar poydevor tayyorlash ustida ishlamoqda, tuproq loyihalash darajasiga qadar qazilmoqda, drenaj va kanalizatsiya tizimi o‘rnatilmoqda. Biz chuqurligi 12 metr va diametri 65 sm bo‘lgan temir-beton qoziqlarni quyishni boshladik, poydevor qoziq konstruksiyalari uchun M450 beton va At-500 armaturalari qo‘llaniladi. Janubiy qirg‘oqda jami 338 ta temir-beton qoziqlarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

Seoul Mun loyihasini qurish jarayonida Italiyadan keltirilgan yuqori sifatli va ishonchli materiallardan: 3306 m³ dan ortiq beton, 352568 tonna armatura, burg‘ilash uskunalaridan foydalanilmoqda. Ishga muhandislik, loyihalash va qurilish sohasidagi xalqaro mutaxassislar jalb etilgan. Qurilish maydonida har kuni kecha-kunduz ikki smenada ishlar olib borilmoqda, 10 dan ortiq texnika hamda yuzdan ortiq mutaxassislar ishlamoqda.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top