07:56 / 03.12.2020
6624

Yekaterinburgda sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Joriy yilning 1 dekabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bir guruh o‘zbekistonliklar mingan “Volkswagen Polo” rusumli yengil mashina yo‘lning muzlagan qismida avtohalokatga uchradi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi ma'lum qilishicha, buning oqibatida ikki nafar fuqaro — 27 yoshli ayol va besh yoshli bola halok bo‘lgan. Besh nafar kishi og‘ir jarohatlar bilan shaharning 9-bolalar va 23-kasalxonalariga yotqizilgan. Hozir shifokorlar o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lgan mashina haydovchisi va vafot etgan bolaning onasi bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlarini bajarmoqda.

O‘zbekiston bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari yuzaga kelayotgan turli masalalarni joyida hal qilish uchun kasalxonalarda bo‘lib turibdi.

Top