15:39 / 04.12.2020
14356
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi

Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ob-havo sharoitini Volgabo‘yi ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Bu degani, bugun yog‘ingarchilik ehtimoli faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, janubiy va markaziy hududlar ustida qatlamli bulutlardan hosil bo‘lgan qatorlar cho‘zilib ketishi davom etadi, harorat foni esa iqlimiy me'yorlardan 6-8 darajaga past bo‘ladi. 

Respublika shimolida ancha sovuq bo‘ladi, kun o‘rtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orolbo‘yida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechasi havo harorati 4-7 daraja sovuq, shimolning ba'zi joylarida 17-20 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduz kuni havo 4-7 daraja iliq, lekin o‘rtacha harorat odatdagidan biroz past bo‘ladi.

Top