16:30 / 05.12.2020
8663
Ota-onalar diqqatiga: farzandingizga foydali sovg‘a korzinka.uz'da!

Qadrdon korzinka.uz supermarketidan bozor-o‘char qilib, yo‘l-yo‘lakay «Qarsildoq va Sichqonlar qiroli» ertak kitoblariga to‘la jozibali javon va stikerga ko‘zingiz tushdi. Xayolingizga esa kechasi oila davrasida kichkintoylaringizga kitob o‘qib berish rejasi keldi. Kitob qahramonlarining o‘zi harakatlanib, uni tinglash ham mumkinligi ajoyib-a!

Bolajonlarning dunyoqarashini kengaytirib, tasavvurini boyitadigan kitobni katta chegirma bilan super narxda xarid qilishga nima deysiz?

O‘zbekistondagi yirik korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bu yil ham ota-onalarga, ham bolajonlarga birdek manzur bo‘ladigan yangi, unumli va eng asosiysi, ziyo ulashuvchi aksiyani boshladi!

Qiziqib qoldingizmi? Sizda bir necha savollar paydo bo‘lishi tabiiy. Keling, ularga birma-bir javob beramiz.

Bu o‘zi qanday kitob?

Butun dunyo bolalarining sevimli kitobi ikki tilda – o‘zbek (o‘zbek tiliga mualliflik tarjimasi amalga oshirildi) va rus tillarida chop etilgan.

WowBox AR ilovasi (uni planshet yoki smartfoningizga yuklab olishingiz zarur) orqali esa kitob rosmana mo‘jizaga aylanadi – ertak qahramonlari harakatga keladi, siz bilan muloqot qiladi.

Ilova yordamida nafaqat qahramonlarni harakatga keltirish, balki kitobni audio talqinda eshitib, P.I.Chaykovskiy musiqalaridan bahra olish mumkin.

Uni qanday qilib chegirma bilan xarid qilsa bo‘ladi?

Kitobni korzinka.uz supermarketlaridan 5 aksiya fishkasi to‘plab, super narxda – 39 990 so‘m evaziga (kitobning o‘z narxi 119 990 so‘m) xarid qilishingiz mumkin.

korzinka.uz, Smart va Diskont Oloy supermarketlaridagi xarid chekingizda har 100 ming so‘m uchun siz bir fishkani qo‘lga kiritasiz (viloyatlardagi korzinka.uz Diskont supermarketlarida esa har 70 ming so‘m uchun).

To‘lov mobaynida korzinka.uz ilovasidan foydalansangiz, sizga qo‘shimcha fishka sovg‘a qilinadi va fishkalar ilovaning o‘zidayoq jamg‘arilishni boshlaydi (virtual fishkalarni jismoniysi bilan birga ishlatib bo‘lmaydi).

Ilovada 5 fishkani to‘plasangiz, sizga bir martalik maxsus promokod yuboriladi va u bilan siz kitobni super narxda xarid qilasiz.

Ilovani esa hoziroq bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Ha, aytgancha, «Qarsildoq va Sichqonlar qiroli» kitobi aksiyasi doirasida yutuqli o‘yinlar ham o‘tkaziladi.

Yana savollaringiz bo‘lsa yoki yutuqli o‘yinlarda g‘olib bo‘lishni istasangiz, korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ini ijtimoiy tarmoqlar hamda rasmiy saytda kuzatib boring.

Obuna bo‘lishni unutmang 

Marhamat, havolalar:

korzinka.uz Telegram'da: t.me/korzinka_uzbek

korzinka.uz Instagram'da: @korzinkauz

korzinka.uz Facebook'da: fb.com/korzinkauz

Sayt: korzinka.uz

Bog‘lanish uchun telefon raqami: 78 140 1414

Reklama huquqi asosida

Top