13:38 / 05.12.2020
3715

Salkam 2 mlrd so‘mlik dori vositalarini olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Xorijiy aviareys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelib, «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.S.ning bagaji o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy qiymati 1 milliard 950 million so‘mlik 4 899 dona turli sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top