12:30 / 05.12.2020
5641
Shivaki maishiy texnikasi: bu sovg‘ani aniq o‘zingizga qoldirishni istaysiz

Yangi yil sovg‘alari haqida hech o‘ylandingizmi? Agar hali o‘ylamagan bo‘lsangiz, hozir ayni vaqti! Yangi yilgacha bir oydan kam vaqt qoldi, o‘tadi-ketadi. Shivaki kompaniyasi yaqinlaringizga aniq xush keluvchi maishiy texnika assortimentini taklif etadi. Ushbu maqolani oxirigacha o‘qing va nima uchun sovg‘a sifatida aynan Shivaki mahsulotini tanlash lozimligini bilib oling.

Bir eslangchi, yaqinlaringiz bu yil nimani orzu qilgandi? Balki, sovutkich eskirgandir yoki televizor kichiklik qilayotgandir? Nima maishiy texnika tanlashingizdan qat'i nazar, uni Shivaki assortimentida topa olasiz. Konditsioner, kir yuvish mashinasi, televizor, oshxona plitasi, mini-pech va mikroto‘lqinli pech, dudburon, muzlatkich, kichik maishiy texnika – assortiment kengligi dilni quvontiradi.

O‘ylashimizcha, yaxshi sovg‘a foydali, sifatli, yuqori darajada funksional, ko‘rkam va ishonchli bo‘lishi lozim. Maqolada taqdim etilgan sovg‘alar bu talablarga to‘liq javob beradi.

Televizor

Yaqinlaringiz, ota-onangiz yoki bolajonlaringiz uchun ajoyib sovg‘a. Yapon texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan Shivaki televizorlari ekranidagi tasvir yuqori darajada tiniq. 43 diagonal o‘lchamli Shivaki US43H3501 televizorida sevimli filmlarni tomosha qilish esa o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Android TV operatsion tizim o‘rnatilgan televizor yuqori funksionalikka ega bo‘lsa-da, boshqarilishi hatto qariyalar uchun ham hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Uning yana bir afzalligi – o‘zbek tili o‘rnatilgan ko‘p tillik menyu. Tovushli boshqaruv tizimi esa televizorni boshqarishda yanada ko‘proq qulaylik baxsh etadi. Sevimli kino yoki ko‘rsatuvingizni topmoqchimisiz? Buning uchun tugmani bosib, kino nomini aytishning o‘zi yetarli. Aylohida ta'kidlash joizki, Shivaki televizori aql bovar qilmaydigan 3840×2160 o‘lchamli ULTRA HD formatdagi ekranga ega. O‘ta tiniq ekran 16 milliondan ortiq ranglarni aks ettira oladi. Yaqinlaringiz uchun bundan yaxshiroq sovg‘ani topa olmaysiz.

Oshxona plitasi

Bayramga tayyorgarlik avjiga chiqqanda yangi va yuqori funksional oshxona plitasidan yaxshiroq sovg‘aning o‘zi bo‘lmasa kerak. Yangi Shivaki 6302-K Burgundy plitalari pazandalik  san'ati durdonalarini tayyorlash uchun yaratilgan.

Ushbu plita yaxshi oshpaz orzu qiladigan barcha funksiyalarga ega:

  • kombinatsiyalashtirilgan pishirish yuzasi, oldindan o‘rnatilgan xavfsizlik tizimi, elektr o‘t oldirgich, gril funksiyasi, elektr six, taymer, tovushli signal va avtoo‘chish – funksiyalarning mo‘lligi deyarli har qanday taomni tayyorlashga imkon beradi.

Plita rangi haqida alohida aytish lozim. Chuqur burgundi (to‘q qizil) rangiga bo‘yalgan yangi Shivaki plitasi oshxonangizga o‘zgacha ko‘rk baxsh etadi.

Mini-pech

Pishiriq haqiqatda mazali bo‘lishi uchun, uni mini-pechda tayyorlash lozimligini har bir uy bekasi bilsa kerak. Agarda pishiriqlar yangi Shivaki 4218 L mini-pechida tayyorlansa, mazasi barchani lol qoldirishi aniq. Ushbu mini-pechni oyijoningizga, opa yoki singlingizga yoki rafiqangizga sovg‘a qilar ekansiz, o‘zingizni ko‘p yillarga mazali pishiriqlar bilan ta'minlaysiz. Shivaki mini-pechi pirog yoki zapekanka, go‘sht yoki baliq go‘shtli taomlarni qulaylik bilan tayyorlash uchun barcha kerakli funksiyalarga ega.

Shivaki mutaxassislari qanaqa sovg‘ani tanlashingizdan qat'i nazar, asosiysi, uni bor mehr-muhabbatingiz bilan tanlashni maslahat beradi. Shivaki mahsulotlari bilan esa mehringizni namoyish etish yanada oson.

Rasmiy sayt: artelgroup.org/catalog-shivaki

Rasmiy Facebook sahifasi: facebook.com/shivakiuzb

Reklama huquqi asosida

Top