22:22 / 05.12.2020
6762
Tokioda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq sutkalik holatlar bo‘yicha antirekord qayd etildi

Yaponiyada koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord o‘sish kuzatildi. Bir sutkada 2 508 nafar bemor aniqlandi.

Foto: AP

Tokioda sutka davomida koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha antirekord qayd etildi. Yaponiya poytaxtida bir sutkada 584ta kasallik yuqtirish holati aniqlangan. Mamlakat bo‘yicha esa 2508 nafar yangi bemor ro‘yxatga olindi, deb yozadi Japan Times.

 Pandemiya boshlanganidan buyon Tokioda 36 778ta holat qayd etilgan, 477 nafar bemor vafot etgan.

 Mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 161 ming nafarga yetgan, 2 340 kishi vafot etgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 66 milliondan oshgan, 1,5 milliondan ortiq inson vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top