11:00 / 06.12.2020
2821
Boulevard biznes markazi – yuqori sarmoya salohiyatiga ega savdo ko‘chmas mulki

Dream City Development sarmoyalarni joyiga qaytarishni kafolatlaydigan zamonaviy Boulevard biznes markazining afzalliklari haqida ma'lumot beradi.

Boulevard biznes markazi – ko‘chmas mulkka sarmoya yo‘naltiradiganlar uchun katta ahamiyatga ega maskan. Knight Frank mustaqil ekspertlarining fikriga ko‘ra, poytaxtda ko‘plab keng ko‘lamli savdo va biznes markazlari mavjudligiga qaramay, ushbu turdagi ko‘chmas mulkka talab hali ham yuqori.

Boulevard Business Center savdo ko‘chmas mulki loyihasini yuqori rentabellikdagi sarmoya sifatida belgilaydigan juda ko‘p o‘ziga xos afzalliklarga ega:

  • Poytaxt markazida Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi foydali joylashuv kunlik tashrif buyuruvchilarning yuqori oqimini kafolatlaydi;
  • Markaziy ko‘chada va Xalqaro moliya markazi, Boulevard shoping-avenyu, Tashkent City parki, Kongress zali, Holiday Inn va Hilton mehmonxonalariga yaqin joydagi qulay joylashuv;
  • Transport qulay harakati va yaqin masofada joylashgan 4 ta metro bekatlari mavjudligi;
  • Biznes markazining konsepsiyasi pastki qavatdagi savdo maydonchasi va ikkinchi qavatni ofis maydonlari bilan birlashtirishi;
  • Biznes markazi xodimlari va mehmonlari uchun o‘zining ichki yer osti avtoturargohining mavjudligi;
  • Yuqori texnologik muhandislik sovitish va havoni tozalash tizimlari o‘rnatilganligi.

Tabiiy yorug‘lik va katta vitrinali derazalar mavjudligi do‘konlarning ichki qismini yoritib turadi va uni ichidagi mahsulot yoki xizmat turlarini tashrif buyuruvchilar uchun aniq aks etishini ta'minlaydi. Panoramali oynalar tashqaridagi chiroyli manzaralardan bahramand bo‘lishga imkoniyat yaratadi.

Loyihaviy yechimlarini tanlash. 1-qavat joylarining shift balandligi 7 metr bo‘lib, joyni ikki darajali qilish imkoniyatini beradi.

Futurizm uslubidagi obektning o‘ziga xos me'morligi bu yerga tashrif buyuruvchilarning e'tiborini tortadi. Biznes markazi atrofdagi me'moriy obektlar orasida alohida ajralib turadi. Joylarning loyihasida har bir kvadrat metrdan amaliy foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan.

Loyihaning yuqori sarmoyaviy jozibadorligi uning eksklyuziv va cheklangan miqdordagi takliflari bilan belgilanadi. Tadbirkorlarga biznes yuritish uchun 4000 kvadrat metr maydon taklif etiladi. Birinchi qavatda 14 ta savdo zonasi bo‘lib, ularning maydoni 111 dan 205 kvadrat metrgacha yetadi. Ikkinchi qavatda esa 75 dan 159 kvadrat metrgacha bo‘lgan 16 ta ofis binosi joylashgan. Ikkinchi qavat joylarining shift balandligi 5 metrni tashkil qiladi.

Boulevard biznes-markazi - bu funksionallik, qulaylik va nufuzni qadrlaydigan ishbilarmonlar uchun ajoyib tanlovdir. Siz biznes egasimisiz yoki faqat foyda olish uchun tijorat ko‘chmas mulkiga mablag‘ sarflaysizmi, bundan qat'i nazar Boulevard Business Center sarmoyangizdan yuqori daromad olishingizni kafolatlaydi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top