03:32 / 06.12.2020
6845
Pfizer koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishda muammo paydo bo‘lganini ma'lum qildi
Foto: Reuters

Pfizer va uning Germaniyadagi hamkori BioNTech SE yil oxirigacha yuz million doza vaksina ishlab chiqarishni mo‘ljallagandi. Ammo endilikda bu miqdor teng yarmiga — 50 million dozagacha qisqartirildi.

Pfizer kompaniyasi COVID-19 vaksinasi ishlab chiqarishda muammoga duch kelganini ma'lum qildi, deb yozmoqda Fox News.

Kompaniyaning bildirishicha, vaksina uchun xomashyo yetkazib berishni kengaytirish kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqtni olganligi bois ilgari rejalashtirilgan vaksina dozalarining yarmini ishlab chiqaradi.

«Shuningdek, klinik tadqiqotlar natijalari ham avval rejalashtirilganidan ko‘ra kechroq olinganini ham ta'kidlash joiz», — dedi kompaniya vakili.

Pfizer va uning Germaniyadagi hamkori BioNTech SE yil oxirigacha yuz million doza vaksina ishlab chiqarishni mo‘ljallagandi. Ammo endilikda bu miqdor teng yarmiga — 50 million dozagacha qisqartirildi.

Kompaniya xomashyoni AQSh va Yevropadagi yetkazib beruvchilardan oladi. O‘tgan oyda vaksina xomashyosini ishlab chiqarishni kengaytirish imkoni bo‘lmadi, chunki Pfizer vaksina sinovi natijalarini kutib qoldi.

Avvalroq Buyuk Britaniya mamlakatda Pfizer va BioNTech vaksinasi bilan emlash boshlanishini e'lon qilgandi. Ma'lum qilinishicha, emlash kelasi haftadan boshlanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top