14:51 / 06.12.2020
5277

Yevro-1960 qahramoni Viktor Ponedelnik vafot etdi

SSSR milliy jamoasining sobiq hujumchisi Viktor Ponedelnik 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qizi Anastasiya ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qildi.

Valeriy Matitsin / TASS

Uning o‘limiga uzoq vaqt davom etgan kasallik sabab bo‘lgan.

Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 6 va 7 dekabr kunlariga belgilangan 17-tur o‘yinlari Viktor Ponedelnik xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi.

  • Viktor Ponedelnik — 1960 yilda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida SSSR jamoasi safida ishtirok etgan. Finalda Yugoslaviyaga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) qo‘shimcha daqiqalarda bosh bilan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgan. Ponedelnikning goli «oltin» gol bo‘lgan — bu gol Rossiya futboli tarixidagi eng muhim gol sanaladi. Viktor Ponedelnik 1960 yilgi Yevropa chempionati g‘oliblaridan shu vaqtgacha yashayotgan yagona vakil edi.
  • Viktor Ponedelnik 1956 yildan SSSR chempionatida ishtirok etishni boshlagan, dastlab Rostovning «Rosselmash» va SKA klublari sharafini himoya qilgan. 1961 va 1966 yillarda TsSKA va «Spartak» jamoalariga o‘tgan, ammo moskvaliklar klublarida birorta o‘yinda maydonga tushmagan. SSSR chempionatlarida u jami 217 o‘yinda ishtirok etib, 86 gol muallifi bo‘lgan.
  • Terma jamoada esa u 29 o‘yinda maydonga tushgan va 20 gol urgan, 1964 yilgi Yevropa chempionatida jamoasi bilan kumush medalga sazovor bo‘lgan.
  • U 1966 yilda 29 yoshida sog‘ligidagi muammo tufayli faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan. Keyin uch yil davomida «Rosselmash»da murabbiy sifatida ishlagan.
  • Ponedelnik «Sovetskiy sport» gazetasida bo‘lim muharriri sifatida ishlagan, keyin «Futbol — Xokkey» nashrida bosh muharrir bo‘lgan. Futbol haqida to‘rtta kitob yozgan.

 

Top