10:31 / 07.12.2020
7381
AQSh harbiy aslaha bozorida hamon yetakchilik qilmoqda

Harbiy aslaha bozorida top-25 kompaniyalar safidan AQShning 12 kompaniyasi joy oldi. Xitoydan 4, Rossiyadan 2 ta firma savdo hajmi bo‘yicha jahonning yetakchilari ro‘yxatiga kirgan. Bu haqda SIPRI (Stockholm International Peace Research Institute - Stokholm xalqaro tinchlik tadqiqoti instituti) hisobotida ma'lum qilingan. Top-25’dagi kompaniyalar qariyb 300 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotishgan.

Stokholm xalqaro tinchlik tadqiqoti institutining 7 dekabrda e'lon qilingan ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh jahon harbiy aslaha bozoridagi peshqadamlikni katta farq bilan saqlab turibdi. Jahondagi eng yirik 25 harbiy kompaniyaning dastlabki 5tasi aynan Qo‘shma Shtatlar kompaniyalaridir. Ular “Lockheed Martin”, “Boeing”, “Northrop Grumman”, “Raytheon and General Dynamics”.

Jahondagi jami harbiy aslaha savdosining 61 foizi AQShning 12 kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Xitoy firmalarining hissasi 16 foiz. Rossiyaniki ancha kam – 3,9 foiz. “Almaz-Antey” korporatsiyasi 9,42 dollarga teng savdo hajmi bilan reytingda 15-o‘rinda, “Ob'yedinennaya sudostroitelnaya korporatsiya” esa, 4,5 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotib, 25-o‘rinda turibdi. 2019 yilda bu ikki rus kompaniyasining savdo hajmi tushgan. Xitoyning 4 firmasidan bittasida savdo pasaygan bo‘lsa, AQSh kompaniyalarining ham bittasida pasayish kuzatilgan.

Dunyoda qurol-yarog‘ sotish hajmi o‘syapti

Hisobotda qiziq ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan, ilk bor Birlashgan Arab Amirliklaridan bir kompaniya reytingga qo‘shilgan. SIPRI ekspertlarining baholashicha, Amirliklarning EDGE kompaniyasi 4,75 milliard dollarlik harbiy aslaha sotgan. 25 talik reytingda Germaniyaning birortayam firmasi yo‘q.

Top-25’dagi kompaniyalar 2019 yilda umumiy hisobda 361 milliard AQSh dollariga teng harbiy aslaha sotgan. Bu 2018 yilga solishtirganda 8,5 foizga ko‘proq.

Top