19:35 / 07.12.2020
1846
Artel kompaniyasi barchangizni yaqinlashib kelayotgan Konstitutsiya kuni bilan samimiy qutlaydi

Artel kompaniyasi barcha o‘zbekistonliklarni davlatimizning eng muhim ayyomlaridan biri bo‘lmish Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi. Barchangizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga baxt-saodat, xonadoningizga fayz-baraka tilaydi. Barcha niyatlaringiz amalga oshishini, davlatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan tinimsiz mehnatingizga omad doimo yor bo‘lishini tilab qoladi.

Davlatimiz Konstitutsiyasi har birimiz uchun Vatanimiz ozodligining shahodati sifatida alohida qadrga ega. Konstitutsiya yurtimiz aholisiga xos bo‘lgan adolat, mehr-shafqat, insonparvarlik kabi fazilatlar va xalqimizning ko‘p yillik tajribasiga asoslangan holda yaratilgan. Mana 28 yildirki davlatimiz asosiy qonuni yurtimiz ravnaqi, xalqimiz tinchligi va farovonligini ta'minlaydigan mustahkam poydevor bo‘lib kelmoqda. Konstitutsiya bilan himoyalangan fuqaro baxtli, o‘z maqsadlarini amalga oshirish va yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Konstitutsiya bilan himoyalangan zamonaviy O‘zbekiston ma'rifatparvar ajdodlarimizning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrlik orzusini, xalqimiz tarixiy an'analarini o‘zida mujassam etgan desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aziz yurtdoshlar, bu ulug‘ kun sizga baxt-saodat ato etsin, o‘ylagan barcha ezgu niyatlaringiz, orzu-umidlaringiz amalga oshsin. Artel kompaniyasi sizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr tilaydi. Vatanimiz doimo tinch-osuda, xalqimiz omon bo‘lsin.

Reklama huquqi asosida

Top