21:29 / 07.12.2020
10851
Hindistonda yuzlab kishilar chalingan noma'lum kasallikning ehtimoliy sababi ma'lum qilindi

Avvalroq Hindiston janubidagi Andxra-Pradesh shtatida joylashgan Eluru shahrida noma'lum kasallik avj ola boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Kasallikdan bir kishi vafot etib, 315 kishi xuddi shu kasallik belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Foto: twitter.com/timesofindia

Hindistonda qariyb 400 kishida kuzatilgan noma'lum kasallikka chivinlarga qarshi vosita sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda PTI axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu mutaxassislarning taxmini xolos. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi hozircha aniqlanmagan.  

Avvalroq Hindiston janubidagi Andxra-Pradesh shtatida joylashgan Eluru shahrida noma'lum kasallik avj ola boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Kasallikdan bir kishi vafot etib, 315 kishi xuddi shu kasallik belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

The Hindu gazetasi ma'lum qilishicha, bemorlarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va epilepsiya (tutqanoq) simptomlari kuzatilgan.

 The Times of India ma'lumotlariga qaraganda, kasallanganlar 5 dekabr, shanba kuni shifokorlarga murojaat qila boshlagan. O‘sha kuni noma'lum kasallik belgilari Eluruning turli hududlarida yashovchi 45 kishida aniqlangan.

 Shtat sog‘liqni saqlash vaziri Kali Krishna Shrinavasning so‘zlariga ko‘ra, shu kunlarda shifoxonalarga olib kelinganlarning barchasida koronavirus testi manfiy natija bergan.

Top