12:40 / 07.12.2020
3997

Navoiyda ikki nafar voyaga yetmagan shaxs 6 ming dona pirotexnika vositalari bilan ushlandi

Navoiyda 6 ming dona pirotexnika vositalari o‘z manziliga yetib bormadi, deb xabar qilmoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: IIB axborot xizmati

2020 yilning 3 dekabr kuni Navoiy shahar 7-kichik tumanidagi “Imperial” kafesi oldida 2004 yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan shaxs - D. va uning o‘rtog‘i A. Buxoro viloyati G‘ijduvon dehqon bozoridan Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan “Treniya” nomli 10 blog, 6 000 dona pirotexnika vositasini olib kelib, sotayotgan bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, shu vaqtda ular hudud profilaktika inspektori kapitan A. Nazarov tomonidan qo‘lga olindi.

"Ota-onalardan yana bir bor o‘z farzandlariga mas'uliyatli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz. Pirotexnika vositalarini savdosi bilan shug‘ullanish va ulardan foydalanish hamda saqlash qonunan taqiqlanadi", - deyiladi xabarda.

Pirotexnika vositalarini Navoiy shahridagi xaridorga 1 million 300 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lgan D. va A.ga tegishli choralar ko‘rilgani aytiladi.

Mavzuga oid
Top