11:05 / 07.12.2020
14848
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 8 dekabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,69 so‘mga oshgan va bir dollar 10 443,07 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 183,77 so‘mga ko‘tarilib, 12 657 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 3,57 so‘mga qimmatlagan va 1 rubl 141,05 so‘mni tashkil etgan.

Top