14:12 / 07.12.2020
74347
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Bugun O‘zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. 

Foto: KUN.UZ

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Surxondaryo viloyatida, kechga tomon esa Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat foni me'yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga past bo‘ladi va 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga, 8 dekabrda mamlakat hududlarining ba'zi joylarida biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Chorshanba kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi. 

10-11 dekabrda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. 

Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu kunlarning iqlimiy me'yoridan 6-9 darajaga past.

Top