12:20 / 07.12.2020
7556
Qamchiq dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda. FVV haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga maxsus ogohlantirish bilan chiqdi. 

Foto: KUN.UZ

Vazirlik xabariga ko‘ra, bugun, 7 dekabr kuni, tushdan keyin Qamchiq dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda. 

Dovonni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

“O‘zgidromet” ma'lumotiga ko‘ra, 8 dekabr kuni ham respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi, tuman tushadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi.

Top