16:30 / 08.12.2020
3603
Reklama

Bizning Uylar Development kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaydi

1992 yil 8 dekabr sanasida davlatimizning yangi tarixidagi eng muhim voqea bo‘ldi. Shu kuni mamlakatimizning asosiy qonuni qabul qilindi. Konstitutsiya davlatdagi barqarorlik, tinchlik va totuvlikning, demokratik taraqqiyot va islohotlarning asosi, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarining ishonchli kafolatidir. Qonun davlatchilik va suverenitet asoslarini yaratdi, demokratiyaning asosiy tamoyillarini mustahkamladi va jamiyat hayotining turli sohalarining barqaror ishlashini ta'minladi. Asosiy qonunga tayanish kelajakka ishonch bilan qarashga imkon beradi, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlab, muammolar va qiyinchiliklarga qarshi turishga hissa qo‘shadi.

Konstitutsiya asoslarining izchil mustahkamlanib borishi, jamiyat hayotining barcha sohalarini samarali isloh qilish, fuqarolarning ijtimoiy hayoti o‘sishiga sabab bo‘ladi. Asosiy qonun mamlakatimizni buyuk tarix va porloq kelajakka ega gullab-yashnagan davlatga aylanishiga imkon beradi.

Barcha yurtdoshlarimizga tinchlik-xotirjamlik, totuvlik, mustahkam sog‘liq, Vatanimizni yuksakka ko‘taradigan yangi yutuqlar tilaymiz. Har bir oilada baxt va farovonlik hukm sursin. Yangi cho‘qqi va g‘alabalar sari intilish doimo buyuk yutuqlarga olib boradi!

Sayt: bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top