11:00 / 08.12.2020
2564
Dream City Development kompaniyasi barcha fuqarolarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaydi

1992 yil 8 dekabrda umumxalq ovozi bilan inson qadriyati, uning huquqlari va erkinliklarini o‘zida aks ettirgan mamlakatimizning asosiy qonuni qabul qilindi. Bu O‘zbekiston Respublikasini huquqiy demokratik davlat sifatida shakllantirish va fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish uchun eng muhim voqea bo‘ldi.

Konstitutsiya mamlakatda siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynadi, tinchlik va totuvlik qaror topishiga hissa qo‘shdi hamda kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning mustahkam poydevorini yaratdi.

Konstitutsiyada belgilangan milliy qadriyatlarni e'zozlash va asrab-avaylash, ular asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etish bizning vazifamizdir. Qonunga qat'iy rioya etish har bir fuqaroning munosib hayot kechirishini ta'minlaydi. Ushbu qonun davlatimizning ichki rivojlanishida muhim vosita bo‘ldi va jahon siyosiy maydonida obro‘sini oshirdi.

Ushbu bayram munosabati bilan barchaga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Har bir kun yorug‘ kelajagimiz ishonchiga to‘la bo‘lsin. Sizga va yaqinlaringizga sog‘liq, kelajakka ishonch, farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz!

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top