23:13 / 08.12.2020
7032

YeI hududiga kirmoqchi bo‘lganlar uchun talablar kuchaytirilmoqda

Xususan, barmoq izlarini topshirishi shart bo‘lgan bolalarning yoshi 12dan olti yoshgacha pasaytirildi.

Foto: Picture Alliance

Yevroittifoq YeI davlatlariga qisqa va uzoq muddatli viza oluvchilarga qo‘yiladigan yangi talablar bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda YeI kengashi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, jumladan, biometrik ma'lumot yig‘ish bo‘yicha talab yangilanmoqda. Yangi bazada qog‘oz fotosuratlardan emas, faqat yuqori aniqlikdagi raqamli suratlardan foydalaniladi. Barmoq izlarini topshirishi shart bo‘lgan bolalarning yoshi 12dan olti yoshgacha pasaytirildi.

Qaror oraliq tusga ega bo‘lib, uning kuchga kirishi uchun qator yuridik bosqichlar talab qilinadi. 

Hujjatda aytilishicha, ushbu kelishuv har qanday qisqa muddatli viza taqdim etishda uni oluvchi to‘g‘risida YeIning barcha migratsion va politsiya bazalaridan ma'lumot yig‘ilishini ko‘zda tutadi. 

Hozirda viza oluvchilar tanlab olingan bazalar orqali va qisman avtomatlashtirilgan rejimda tekshiriladi.

Mavzuga oid
Top